O’rnatish/h3>

Montaj va joyida ulash.

Issiq suv va bug‘ qozonlarini hamda qozonxonaga tegishli yordamchi uskunalarni o‘rnatish tajribali payvandchilar va Qozon nazorati organlari tomonidan berilgan tegishli ruxsatnomalarga ega chilangarlar tomonidan amalga oshiriladi. Montaj tugagach, o‘rnatilgan uskuna va quvurlar bilan barcha zaruriy gidravlik sinovlar o‘tkazadilar.

Shef-montaj nima?

Shef-montaj — bu uskunaning o‘rnatilishi va montaji buyurtmachi yoki pudratchi tashkilotlar mutaxassislari tomonidan, uskunani yetkazib beruvchi korxonaning tashkiliy-texnik rahbarligi va nazorati ostida amalga oshiriladigan ish turidir. Bu jarayon masofaviy maslahatlar bilan yoki mutaxassisning obyektga chiqib borishi orqali amalga oshiriladi. Uskunani ishga tushirish va sinovdan o‘tkazish yetkazib beruvchi tomonidan bajariladi. Shef-montaj tushunchasi hozirgi paytda hech qanday standartlar bilan qat’iy reglamentlashtirilmagan.

Ishga tushirish, sozlash ishlari va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni o‘qitish.

Qozonlarni ishga tushirish va sozlash ishlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: qozon va uskunalarining to‘g‘ri o‘rnatilganligini tekshirish, butun tizimning germetikligini (zichligini) nazorat qilish, uzel va uskunalarning zaminga ulanganligini tekshirish, qozonni ishga tushirish, yonish jarayonini sozlash, qozonning barcha ish rejimlarida ishlashini tekshirish va sozlash, ko’rsatkichlar orqali o‘lchov natijalarini olish va qozonlarning ish parametrlarini qayd etish, natijalari bo‘yicha tegishli dalolatnoma tuzish. Ushbu ishlar asosida sinov va rejim-sozlash natijalari bo‘yicha texnik hisobot tayyorlanadi. Sozlash ishlari, shuningdek, qozonxonadan foydalanishga mas’ul xodimlar uchun batafsil yo‘riqnoma ni ham o‘z ichiga oladi.

Sozlash va ishga tushirish ishlari.

Ushbu turdagi ishlar shef-montajdan farqli ravishda, uskunani o‘rnatish va ishga tushirishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib beruvchi kompaniya amalga oshirishi bilan ajralib turadi. Sozlash va ishga tushirish ishlari SNIP 3.05.05–84 me’yoriy hujjati bilan tartibga solingan. Aslida, shef-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlari mazmunan bir xil amaliyotlarni nazarda tutadi, biroq ularni turli ijrochilar bajaradi. Har ikki holatda ham texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilinishi shart. Shuni unutmaslik kerak-ki, shef-montaj yoki ishga tushirish-sozlash ishlarini malakali mutaxassislar tomonidan bajarilishi uskunaning texnik talablar asosida uzluksiz ishlashini, shuningdek, nosozlik yuzaga kelgan taqdirda, o‘z vaqtida va sifatli servis xizmatlari bilan ta’minlanishini kafolatlaydi.

Ta'lim

№ п/пMavzuning nomlanishiSoatlar miqdori
123
123
1.UMUMTEXNIK KURS 
1.1.    Chizmalarni o‘qish (issiqlik sxemasi, gaz quvurlari sxemasi, suvni tayyorlash sxemasi, elektr ta’minoti sxemasi)1,0
1.2.Elektr xavfsizligi1,0
1.3.Yong’in xavfsizligi1,0
1.4.Issiqlik texnikasi asoslari2,0
 Umumtexnik kurs bo‘yicha yakuniy natija:5,0
2.MAXSUS KURS 
2.1.Yoqilg’i va uning yonishi.3,0
2.2.Suvni tayyorlash va suvli kimyoviy rejim1,0
2.3.Qozonlar va yordamchi uskunalarning tuzilishi.1,0
2.4.Qozonxonalar va yordamchi uskunalarning ishlashi.4,0
2.5.  O‘lchash va nazorat asbob-uskunalari.     Kompleksli qozonxona avtomatikasi.1,0
2.6.Mansabdor shaxslar va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarga qo’yiladigan talablar1,0
 Maxsus kurs bo‘yicha yakuniy natija:11,0
3.MEHNAT MUHOFAZASI 
3.1.Mehnatni muhofaza qilishning umumiy savollari0,5
3.2.Mehnatni muhofaza qilish bo’yicha qonun hujjatlari1,0
3.3.Mehnatni muhofaza qilish bo’yicha normativ hujjatlar. Mehnatni muhofaza qilishni tashkil etish va boshqarish1,0
3.4.Ishchilarni mehnatni muhofaza qilish talablarini o’rgatish1,0
3.5.Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni qayd etish va tekshirish.1,0
3.6.Qozonxona operatorining mehnat sharoitlari tavsifi.2,0
3.7.Qozon qurilmalarini ishlatish va ta’mirlashda xavfsizlik talablariga rioya qilish.   Ruxsatnomalar va buyruqlar asosida ishlarni tashkil etish.5,5
3.8.Shaxsiy himoya vositalari.1,0
3.9.Ish jarayonida baxtsiz hodisa yuz berganda birinchi yordam.3,0
 “Mehnatni muhofaza qilish” kursi bo‘yicha yakuniy natija:16
 O‘quv jarayoni bo‘yicha jami:32,0